Davlat geologiya muzeyida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida maktabgacha ta’lim muassasasi bolalari va maktab o‘quvchilari uchub muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi.

Davlat geologiya muzeyida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida maktab o‘quvchilari uchub muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi.

Joriy yil 27-iyun kuni Davlat geologiya muzeyi rahbariyati hamda yoshlar yetakchisi bilan “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tadbirda muzey direktori A. Axmedshayev hamda muzey bo’lim mudiri M. Abidovalar yosh mutaxassislar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordishdi. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, geologiya, muzeyshunoslik va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan talabalar yosh mutaxassislarning malakasini oshirish, ularda kasbga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Admin
Davlat geologiya muzeyi barcha jurnalistlar, matbuot, televideniye, radio va elektron OAVda faoliyat yuritib kelayotgan o‘z kasbining ustalarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi.

Davlat geologiya muzeyida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi. Unda “Milliy gvardiya” talabalari ishtirok etdilar.

“Народное слово” gazetasining 2025-yil 20-iyun sonida Davlat geologiya muzeyi to’g’risida “Увлекательное путешествие в мир геологии” nomli maqolasi chop etildi.
Maqolada Davlat geologiya muzeyining yangi binosi, zamonaviy, interativ va qiziqarli ko’rgazma zallari haqida so‘z yuritilgan.

Davlat geologiya muzeyida joriy yilning 20-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi. Unda “Intelekt” xususiy maktab o‘quvchilari, “I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali” talabalari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi (bog‘cha) o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Davlat geologiya muzeyida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi. Unda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari ishtirok etdilar.

Davlat geologiya muzeyida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitet tarix fakulteti talabalari, Yunusobod tumanidagi 117 - maktab o‘quvchilari, Sergeli tumanidagi 47 - maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.


Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida, yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida Davlat geologiya muzeyida joriy yilning 12-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida muzey bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Telekanallar:
1. “Aqlvoy” telekanalida hamda YouTube kanalida namoyish qilindi.
2. “Toshkent” telekanalida “Toshkent_manzillari” ko‘rsatuvi.
3. “Toshkent” telekanalida "Siz nima deysiz" ko‘rsatuvi.

Ayni damda Davlat geologiya muzeyi bayram shukuhi

Davlat geologiya muzeyi 18-may – “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimizni va barcha muzey xodimlarini tabriklaydi!
1977 yildan buyon dunyoda anʼanaviy tarzda 18 may “Xalqaro muzeylar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu haqda “Xalqaro muzeylar maslahati” (International Council of Museums, ICOM) tashkilotining 1977 yildagi yigʼilishida qaror qabul qilingan.

📣 Davlat geologiya muzeyi Gazetalarda

    ✅ Gazetalar:
    1. "Ishonch"
    2. "Klass"
    3. "Oila va tabiat"
    4. "Tong Yulduzi"
    📌 ✅ Gazetalar web saytlarida:
    1. Xalq so’zi
    2. “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy sayti

Davlat geologiya muzeyida maktab bitiruvchilarga “Ochiq eshiklar kuni”.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi professor-o'qituvchilari boshchiligida talabalar Davlat geologiya muzeyiga tashrif buyurishdi.

📣 Korrupsiyaga qarshi kurashish
📌 1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan annotatsiya https://gov.uz/oz/mingeo/news/view/50825
📌 2. “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan annotatsiya https://gov.uz/oz/mingeo/news/view/50829

📣 Hurmatli tashrif buyuruvchilar!
✅ Davlat geologiya muzeyi 2025-yil 13-aprel, yakshanba kuni texnik sabablarga ko‘ra ishlamagan edi.
📌 Eslatib o‘tamiz, muzey yangi binoda ish boshlagani tufayli ayni vaqtda test rejimida faoliyat olib bormoqda.
📌 Muzey shanba va yakshanba kunlari ham soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Dushanba - dam olish kuni.
❇️ Keltirilgan noqulaylik uchun yakshanba kuni muzeyga kelgan va ortiga qaytib ketgan hamyurtlarimiz hamda yurtimiz mehmonlaridan uzr so‘raymiz!
📍 Barcha savollar uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: +998712090987, +998935573722 / Telegram - @MuzeyGeologii, Instagram - @muzey_geologii_ (https://www.youtube.com/@mingeouz)

📌 Davlat geologiya muzeyining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida zamonaviy tajribalar asosida barpo etilgan va xalqaro talablarga muvofiq jihozlangan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Muzeyning yangi binosida bugungi zamonaviy muzeylar talablariga javob beradigan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Muzey ekspozitsiyasi yangi konsepsiya asosida tashkil etilgan.
✔️Bugungi kunda muzey xazinasida 50 000 ga yaqin eksponatlar saqlanadi. Bular minerallar, tog‘ jinslari, shliflar, noyob topilmalar va boshqa topilmalardan iborat. Muzeyning ko‘rgazma zallari binoning 3 ta qavatiga joylashtirilgan.

📣 Davlat geologiya muzeyiga press-tur tashkillashtirildi
📌 Joriy yilning 4-aprel kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya fanlari universiteti Geologiya muzeyining yangi binosiga press-tur tashkil qilindi.
✔️Tadbir davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vazir o‘rinbosarlari Yusupov Rustam Payzraxmanovich, Yusupov Ural Sadullayevich, Geologiya Fanlari Universiteti rektori Kadirxodjayev A’zam Alisherovich hamda Davlat geologiya muzeyi direktori muzeyining yangi binosini ochilish marosimini tantanali ravishda boshlab berishdi. So‘ngra taklif etilgan mehmonlarga muzey bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazildi.

📌 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti Geologiya muzeyiga press-tur tashkil etiladi.
✔️ Press-tur davomida Muzey ekspozitsiyasi, eksponat va kolleksiyalarni saqlash, tog‘ ma’danlari va minerallar, respublikamizdagi mavjud va faoliyat olib borayotgan konlarning etalon kolleksiyalari bilan tanishish mumkin.
Tashkil etilayotgan press-turga OAV vositalari vakillari va jurnalistlarni taklif etamiz!
Tadbir 4-aprel kuni soat 10:00 da Geologiya muzeyi yangi binosi yonidan boshlanadi.
🔽 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi 64-uy.
Press-turda ishtirok etish istagini bildirgan OAV vakillari ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Telefon: +998 93 557 37 22

Давлат геология музейида Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда 14 январ “Ватан ҳимоячилари куни” муносабати билан тадбир ташкил этилди. Байрам дастурида давра суҳбатлари, мусиқий дастурлар ҳамда бадиий чиқишлар ўрин олди.

Музейнинг асосий биноси учта думалоқ элементга эга бўлган нафис спирал шаклдаги "осмон жисмларининг орбиталаридан" иборат - ноёб шаклдаги шиша ойнали сфера, ярим айлана шакилдаги гумбаз ва айлана шакилдаги LED экранли кинотеатр ва планетарий, улар биргаликда "уч тана" тузилишини ташкил қилади. Коинотдаги самовий жисмлар ҳаракатининг асосий қонунларини изоҳлайди.

Шанхай астрономия музейи (Шанхай фан ва технология музейининг филиали) Шанхай ҳукумати кўмагида ташкил этилган йирик илмий-оммабоп музейдир. У Хитойнинг Линганг махсус эркин савдо зонасида жойлашган. Бинонинг умумий майдони 38 000 квадрат метр, яшил майдон хиёбони бмлан 58 000 квадрат метр майдонни эгаллайди, шу билан бирга у дунёдаги энг катта астрономия музейи ҳисобланади. Шанхай астрономия музейи “коинот ҳақида тўлиқ тушунчани шакллантириш” ғоясига йўналтирилган ҳолда, одамларда қизиқиш уйғотишга, уларни юлдузли осмонни ҳис қилишга, коинотни тушунишга ва келажак ҳақида ўйлашга ундашга интилади.

Симпозиум давомида Давлат геология музейи директори ва Шанхай фан ва технология музейи, Шанхай астрономия музейи раҳбарияти билан учрашув бўлиб ўтди. Учрашув давомида келгуси йилда геология ва музейшунослик бўйича хамкорликни давом эттириш, ҳамда Давлат геология музейи ва Шанхай фан ва технология музейларида кўргазмалар ўтказиш бўйича музокаралар ўтказилди.
Смпозиумнинг ўтказишдан мақсад 2025 йилда дунёдаги биринчи планетариянинг 100 йиллигини нишонлаш ва янги даврда астрономия музейлари, табиий фанлар музейлари ва планетарияларнинг ривожланишини ўрганиш ҳамда музейлар ўртасида кўргазмалар, таълим ва тадқиқотлар бўйича халқаро алмашинув ва ҳамкорликни ривожлантириш деб белгиланди.

Жорий йилнинг 13-15 ноябр кунлари Хитой Халқ Республикаси Шанхай шаҳрида “Табиий фанлар музейларини ривожлантириш” бўйича халқаро симпозиуми бўлиб ўтди. Симпозиум Шанхай астрономия музейида бўлиб ўтди. Табдирда маҳаллий ва хорижий мутахассислар экспертлар қатнашишди шу жумладан Давлат геология музейи директори Ахмедшаев Ахмаджон Шаякубович ҳам қатнашдилар.
Симпозиумда Сингапур, Австралия, Ўзбекистон, Таиланд, Малайзия, Америка, Япония, ЮАР, Корея, Монголия, Италия давлатларидан ва маҳаллий мутахассислар экспертлар ўзларининг тақдимотлари билан маърузалар ўтказишди.

Жорий йилнинг 11 ноябр куни “Ўзбекистон 24” телеканали “Факт 24” кўрсатувида Давлат геология музейи ҳамда Япония давлатининг Цукуба Университети ўртасида геология, палеонтология ва музейшунослик йўналишлари бўйича ўзаро ҳамкорлик меморандуми асосида Ўзбекистон ва Япония илмий қўшма палеонтологик экспедицияси ўтказилганлиги бўйича видео лавҳа эфирга узатилди.

Давлат геология музейи ходимлари «11 ноябр Касаба уюшмалари куни» байрами муносабати билан 08-10 ноябр кунларида “Чотқол реабилитация маркази”да дам олиб, маданий хордиқ чиқардилар. У ерда спорт мусобақалари ташкиллаштирилди. Музей ходимлари стол тенниси, шахмат, шашка, ва бошқа ўйинларни ўйнадилар. Ғолибларга йил якунида совғалар билан тақдирланадилар.